Namangan viloyatining Chust tumanida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.F. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.z.ga qalbaki 1 650 AQSH dollarini haqiqiy 1 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, jami 33 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


