1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda qarz tufayli 10 ta avtomashina xatlandi

Maʼlumotlarga ko‘ra, bank bilan tuzilgan shartnoma asosida ajratilgan kredit belgilangan muddatda qaytarilmagan.

Namanganda qarz tufayli 10 ta avtomashina xatlandi

Namanganda kreditini o‘z vaqtida qaytarmagan jamiyatga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Agrobank bilan tuzilgan shartnoma asosida ajratilgan kredit belgilangan muddatda qaytarilmagan. Shu sababli bank sudga murojaat qilgan.

 

Sud qarzdorlikni undirish haqida qaror chiqarib, jamiyat 896 mln so‘m qarzni majburiy tartibda to‘lashga majbur etildi. Ijro varaqasi Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi AMIBga kelib tushgach, masʼullar harakatlarni boshladi.

 

Ixtiyoriy muddatda qarz qoplanmagani uchun majburiy ijro choralari qo‘llanildi va natijada jamiyat tasarrufidagi 10 ta avtomashina xatlandi.

 

Hozirda amaliy ishlar davom etmoqda. Agar qarz qisqa fursatda qoplanmasa, ushbu avtomashinalar auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика