1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namangandagi «zapravka»da «Zil»da yonib ketdi

Yong‘in o‘t o‘chirish ekipaji yordamida bartaraf etilgan.

Namangandagi «zapravka»da «Zil»da yonib ketdi

 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chust tumanida “Zil” yuk mashinasi yonib ketgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Chust tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchalaridan birida “Zil” mashinasi yonib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

 

Maʼlum qilinishicha, 31 avgust kuni 12:17 larda Chust tumani “Laylakyo‘l” MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganda “Gaz-53” avtomobilining kabina qismida yong‘in yuzaga kelgani aniqlangan.

 

«Yong‘in keltirgan zarar va uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Kuygan va tan jarohati olganlar yo‘q», — deydi masʼul.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика