1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Napoleonning qilichi auksionda sotildi

U salkam 5 mln yevroga xarid qilingan.

Napoleonning qilichi auksionda sotildi

Parijdagi auksionda Fransuz imperatori Napoleonning qilichi qariyb 4,7 mln yevroga sotildi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, qilich dastlab 700 mingdan 1 mln yevrogacha baholangan.

 

Bu qilichni Napoleon 1802 yilda Fransiyaning birinchi konsuli bo‘lganida Versal manufakturasi rahbari Nikolas-Noel Boutetga shaxsiy foydalanish uchun buyurtma qilgan.

 

Auksion uyining taʼkidlashicha, Napoleon imperator taxtini egallaganidan keyin ham bu qurolni hukmronligining oxirigacha saqlab kelgan. Taxtdan ag‘darilgach, u qilichni eng yaqin sheriklaridan biri, marshal Emmanuel de Grouchiga topshirgan. Shamshirni auksion uyiga de Grouchining singlisining avlodlari hadya qilishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика