1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda o‘qituvchilar bayram kunlari navbatchilikka qo‘yildi

Bu profilaktika inspektorining og‘zaki buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

Navoiyda o‘qituvchilar bayram kunlari navbatchilikka qo‘yildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari bayoram kunlarida kuchaytirilgan navbatchilikka jalb etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman XTB rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Aniqlanishicha, hudud profilaktika inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram kunlari maktablarda tunu kun navbatchilikni joriy etish to‘g‘risida og‘zaki topshiriq berilgan. O‘z navbatida u maktab direktorlariga telefon orqali topshiriqni yetkazgan va ro‘yxat tashlab berishni so‘ragan. Shu tariqa maktablarda 2022-yilning 31-avgustidan 2022-yil 5-sentyabrigacha ro‘yxat shakllantirilgan.

 

Maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan surishtiruv natijasida ro‘yxat shunchaki rasmiyatchilik uchun tuzilgani, birorta o‘qituvchi qayd etilgan kunlarda navbatchilikda turmagani ma’lum bo‘lgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan maktabning CHQBT rahbari N.Ruziyev hamda direktor J.Qarshiyev ogohlantirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика