Jinoyat ishlari bo‘yicha bo‘yicha Karmana tuman sudining qarzdor A.O.dan daliliy ashyo tariqasida olingan jami 4.800 dona alkagol mahsulotlarni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga 06.10.2025 yilda kelib tushgan bo‘lib, shu kuni ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Mazkur ijro hujjatini ijrosini taʼminlash maqsadida markaziy chiqindixona hududida, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi, Karmana tuman bo‘limi, tegishli soha xodimlari hamda xolislar ishtirokida ijro hujjatida ko‘rsatilgan daliliy ashyo sifatida olingan mol-mulklar sindirish va ko‘mib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilingan,
Bundan tashqari, shu sudning ijro hujjatlariga asosan qarzdorlardan daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yilgan 175 quti tamaki mahsulotlari hamda dori vositalari yo‘q qilinib, ijro ishlari ish yurituvidan tamomlandi.


