1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Netanyaxu unga qarshi chiqqan amaldorni ishdan boʻshatdi

Ayni paytda G‘azo bo‘yicha Netanyaxu hukumati ichida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Netanyaxu unga qarshi chiqqan amaldorni ishdan boʻshatdi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo shahrini egallash rejasiga qarshi chiqqan hukumat amaldorini lavozimidan ozod etdi. Bu haqda The Times of Israel va Ynet News nashrlari xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Netanyaxu G‘azo shahrini to‘liq nazoratga olish va bu hududda harbiy boshqaruv o‘rnatish rejasini ilgari surgan. Ammo mamlakatning Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Tzachi Hanegbi hamda ayrim harbiy rahbarlar bu tashabbusga qarshi chiqqan. Ular bunday harakat Isroilni uzoq davom etadigan harbiy mojaroga tortishini, xalqaro bosimni kuchaytirishini va tinch aholining xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini bildirgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Netanyaxu Hanegbining pozitsiyasidan norozi bo‘lgan va uni lavozimidan ozod etgan. Hukumat matbuot xizmati bu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, Isroil matbuotida Hanegbi o‘rniga bosh vazirga yaqinroq shaxs tayinlanishi kutilayotgani haqida yozilmoqda.

 

G‘azo bo‘yicha Netanyaxu hukumati ichida so‘nggi oylarda jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Ayrim amaldorlar va harbiylar to‘liq egallash o‘rniga xalqaro vositachilar yordamida tinchlik muzokaralarini davom ettirish tarafdori bo‘lishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика