1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ugandada dahshatli avariya: 63 kishi vafot etdi

Voqea joyida ikki yo‘lovchi avtobus, yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashib ketgan.

Ugandada dahshatli avariya: 63 kishi vafot etdi

Ugandaning markaziy qismida joylashgan Kiryandongo tumanida yuz bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 63 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

 

Halokat 22 oktyabrga o‘tar kechasi Kampala–Gulu avtomobil yo‘lida, Kitaleba qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yo‘lovchi avtobus, bir yuk mashinasi va bir yengil avtomobil (SUV) to‘qnashgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, avtobuslardan biri yuk mashinasini o‘tkazmoqchi bo‘lgan, shu paytda qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan boshqa avtobus ham o‘tkazish harakatini amalga oshirgani bois to‘qnashuv ro‘y bergan.

 

To‘qnashuv natijasida ikkala avtobus vayron bo‘lgan, yuk mashinasi va SUV esa nazoratni yo‘qotib, bir necha bor ag‘darilgan. Hodisa joyida 63 kishi vafot etgani, yana o‘nlab yo‘lovchilar turli darajada tan jarohati olgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Ugandada 5 mingdan ortiq odam yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lgan. Mutaxassislar yo‘llardagi nazoratni kuchaytirish va tungi safarlar xavfsizligini oshirish zarurligini bildirishmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика