1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindiston prezidenti vertolyoti qo‘nish chog‘ida avariya holatiga tushdi

Draupadi Murmuni olib ketayotgan vertolyot Keralada qo‘ngandan so‘ng betonga cho‘kib ketgan.

Hindiston prezidenti vertolyoti qo‘nish chog‘ida avariya holatiga tushdi

Hindiston prezidenti Draupadi Murmuni olib ketayotgan vertolyot Keralaning Pramadam stadioni hududiga qo‘nganidan so‘ng betonga cho‘kib ketish xavfi ostida qolgan. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.

 

Voqea prezidentning Sabarimala ibodatxonasiga rasmiy tashrifi doirasida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot qo‘nishidan so‘ng uchish-qo‘nish maydonining bir qismi cho‘kib tushgan va bortdagilar xavf ostida qolgan.

 

Politsiya va yong‘in xavfsizligi xodimlari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, vertolyotni xavfli hududdan xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Hindiston prezidenti Draupadi Murmuning Keralaga to‘rt kunlik tashrifi 21-oktabr kuni boshlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, vertolyotga jiddiy zarar yetmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика