Fransiyaning “PSJ” klubi bosh murabbiyi Kristof Galtiyer braziliyalik hujumchi Neymar “Bavariya”ga qarshi YECHL 1/8 final javob o‘yinida ishtirok eta olmasligini tasdiqladi.
“Neymar o‘zini qanday his qilmoqda va uning “Bavariya” bilan o‘ynash imkoniyati bormi? U jarohat olgan, menimcha, u “Bavariya” bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi”, — deya Galtiyerning so‘zlaridan “Le Parisiyen” nashri iqtibos keltirdi.
Parijda bo‘lib o‘tgan “PSJ” – “Bavariya” o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda myunxenliklar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Yagona golga Kingsli Koman mualliflik qildi. Javob o‘yini kelasi hafta Myunxenda bo‘lib o‘tadi.


