U Xarkovda yirik portlashlar oqibatida vayron qilingan uylar, elektr quvvatining yo‘qligi va maktabga bunkerlarda borayotgan bolalarni ko‘rganini taʼkidladi.
"Ukraina bularning barchasidan faqat Rossiyani uzoqroq masofada ushlab turish orqali himoyalanishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Brekelmans.
Avgust oyida Niderlandiya Qurolli kuchlari qo‘mondoni Onno Eyxelsxeym mamlakat Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlar uchun berilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanishiga qarshi emasligini maʼlum qilgan edi.


