1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nikol Pashinyan Ilhom Aliyev bilan chegarada uchrashmoqchi

Armaniston Bosh vaziri Ozarbayjon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ijobiy natija berayotganini ta'kidlagan.

Nikol Pashinyan Ilhom Aliyev bilan chegarada uchrashmoqchi

 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan muzokaralarni davom ettirish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki davlat chegarasida uchrashishga tayyor.

 

"Armaniston Londondagi muzokaralardan bosh tortdi, degan taassurot yaratishga harakat qilindi. Biz rad qilmadik. Armaniston uchrashuvni ikki tomonlama formatda o‘tkazishni taklif qildi, chunki bu formatda ishlash bo‘yicha kelishuv mavjud edi. O‘ylaymanki, biz shu yo‘lni davom ettirishimiz kerak, chunki bu natija beradi. Sammitni o‘tkazish uchun vaqt yetib kelganida, uni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida tashkil qilish mumkin", - dedi Pashinyan.

 

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ijobiy natijalar bermoqda.

 

"Ozarbayjon bilan ikki tomonlama hamkorlik uzoq vaqtdan beri davom etayotganini va bu ijobiy natijalar berayotganini ta’kidlashim kerak, siz ham e’tibor bergansiz. Bu o‘tgan dekabrdagi qo‘shma bayonotlardan boshlanib, 2024-yil 19-apreldagi bayonot bilan davom etadi. Kuni kecha delimitatsiya komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi nizom imzolandi. Ikki tomonlama format o‘z natijasini berar ekan, biz uni davom ettiramiz", - dedi Pashinyan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика