1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gurjistondan ekstraditsiya qilindi

Bu so‘nggi ikki oy ichida Gruziyadan amalga oshirilgan uchinchi ekstraditsiya hisoblanadi.

Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gurjistondan ekstraditsiya qilindi

 

 

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziya hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi (nomusga tegish) bilan ayblanmoqda. Mazkur jinoyat uchun qonunchilikda 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

 

Qidiruvda bo‘lgan shaxs Gruziya hududida aniqlanib, xalqaro hamkorlik doirasida ushlangan va belgilangan tartibda O‘zbekistonga topshirilgan. Hozirda u tergov va keyingi protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘nggi ikki oy ichida Gruziya tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining uchinchi bor ekstraditsiya qilinishi bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik samaradorligini ko‘rsatadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabr oyida ham Gruziya hukumati yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdasi jinoyatlarida ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga ekstraditsiya qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика