1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusda yangi universitet tashkil etiladi

Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Nukusda yangi universitet tashkil etiladi

“Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

 

Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

 

Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 

Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

 

2025/2026 o‘quv yiligacha Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.

 

2025/2026 o‘quv yilidan universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.

 

Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo‘yicha kasbiy taʼlim dasturlarida to‘liq davlat granti asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

 

Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика