Transport vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "Nukus – Mangistau – Nukus" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi joriy yilning 22 avgust sanasidan boshlanadi. Qatnovlar haftada uch marotaba amalga oshiriladi.
Poyezd harakat jadvali quyidagicha:
22 avgust sanasidan haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari 650-sonli "Nukus – Mangistau" yo‘nalishi
Nukus 20:16 – Mangistau 17:14
23 avgust sanasidan haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari 649-sonli "Mangistau – Nukus" yo‘nalishi
Mangistau 18:54 – Nukus 15:22.


