1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nurmat Otabekov: «Yota» shtammining O‘zbekiston hududida aniqlangani haqida ma'lumotlar yo‘q

«Yota» shtammining O‘zbekiston hududida aniqlangani haqida ma'lumotlar yo‘q. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

Nurmat Otabekov: «Yota» shtammining O‘zbekiston hududida aniqlangani haqida ma'lumotlar yo‘q

 

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov bir qator savollarga javob qaytardi

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu–York shtatida aniqlangan «yota» shtammining O‘zbekistonda aniqlangani haqida ma'lumotlar yo‘q.

 

«Hozircha AQShni Nyu–York shtatida aniqlangan «yota» shtammining O‘zbekiston hududida aniqlangani haqida ma'lumotlar yo‘q. 

Mazkur shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimolini inkor qilmagan holda, respublika hududida aylanib yurgan virus shtammlarining u yoki bu turga mansubligi monitoring qilib borilayotganini ma'lum qilamiz», deya ta'kidladi Nurmat Otabekov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика