O‘zbekiston Respublikasi narkojinoiyatlar uchun javobgarlik choralarini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qildi. Endilikda og‘ir narkojinoyatlar, jumladan narkouyushma tashkil etish va faoliyatini ta’minlash, giyohvandlik vositalarini transchegaraviy yoki internet orqali tarqatish, noqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish hamda vakolatlarni suiiste’mol qilib narkovositalarni muomalaga kiritish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini iste’mol qilgan shaxslarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Voyaga yetmaganlarni va yoshlarni himoya qilish maqsadida har qanday narkojinoiyatni ularning ishtirokida sodir etish, ularni giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga jalb qilish yoki ta’lim muassasalari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlari hududida narkovositalarni tarqatish jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qayd qilinadi. Shuningdek, ayrim narkojinoyatchilar jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi. Ushbu yangi chora-tadbirlar mamlakatda narkojinoiyatni kamaytirish, yosh avlodni himoya qilish va ijtimoiy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.


