1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oktyabrda O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi

Unda iqtisodiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Oktyabrda O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi

 

Toshkentda 20-21 oktyabr kunlari O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.

 

Uchrashuv iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 22-yig‘ilishi hisoblanadi. Unda ikki davlat kooperatsiyasi bo‘yicha masʼul 12 ta komissiya ishtirok etadi.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston tomoniga Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Rossiya tomoniga esa RF savdo-sanoat vaziri Denis Manturov boshchilik qiladi.

 

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon muloqoti bo‘lib o‘tgandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика