O‘q otish bo‘yicha 2023-yilgi jahon chempionati Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” nashri xabar bermoqda.
Avvalroq ushbu musobaqa Rossiyada 2023-yilning 14—31-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Xalqaro sport o‘q otish federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan turnir Ozarbayjonda ko‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 7-mart kuni Ukrainadagi vaziyat tufayli rossiyalik va belaruslik sportchilarni xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirgandi.


