1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Oq uy yaqinida otishma: Afg‘oniston fuqarosi hibsga olindi

Ikki nafar Milliy gvardiya xizmatchisi yaralangan.

Oq uy yaqinida otishma: Afg‘oniston fuqarosi hibsga olindi

 

AQSHning Vashington shahri markazida, Oq uy yaqinida 26-noyabr kuni qurolli hujum sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida Milliy gvardiyaning ikki nafar xizmatchisi jarohat oldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs qo‘lga olingan va u 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Rahmonulla Lakanval ekani aniqlangan.

 

Dastlabki tergovga ko‘ra, Lakanval Oq uy yaqinidagi patrul xizmati paytida gvardiya xizmatchilariga qarata to‘satdan o‘q uzgan. Voqea joyida bo‘lgan boshqa harbiylar hujumchini tezkor ravishda zararsizlantirgan. Jarohat olgan ikki nafar harbiyning ahvoli og‘ir bo‘lib, ular tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

 

Tergov organlari ushbu voqeani terrorchilik xurujiga aloqador deb baholab, kengaytirilgan tekshiruv o‘tkazmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Lakanval 2021-yilda afg‘on fuqarolari uchun mo‘ljallangan maxsus viza dasturi doirasida AQSHga kelgan, biroq uning vizasi muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, mamlakatda yashashni davom ettirgan.

 

Hujum yuz bergan paytda AQSH prezidenti Donald Tramp Floridadagi rasmiy tadbirlarda bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Oq uy hududi vaqtincha yopilib, federal va shahar huquq-tartibot organlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilgan. Prezident Tramp voqeaga munosabat bildirib, gumonlanuvchining keskin jazoga tortilishini ta’kidlagan hamda Vashingtonga qo‘shimcha 500 nafar gvardiya xizmatchisini yuborish bo‘yicha topshiriq bergan. Shundan so‘ng poytaxtda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya soni 2 200 nafarga yetgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика