1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Oqqoʼrgʼondagi bogʼchada bolalar ommaviy zaharlandi. Bir bola vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatining Oqqoʼrgʼon tumanidagi bolalar bogʼchasida 150 nafar bola ovqatdan zaxarlangani, 1 nafar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Oqqoʼrgʼondagi bogʼchada bolalar ommaviy zaharlandi. Bir bola vafot etdi

Maktabgacha taʼlim vazirligi Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, vazirdik hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Oqqoʼrgʼon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 25 nafar tarbiyalanuvchilarining kasallanish holatini oʼrganib chiqdi.
Аniqlanishicha, 2 avgustdan 11 avgustgacha intoksikatsiya sindromining klinik koʼrinishlari boʼlgan tarbiyalanuvchilar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent 1-shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Toshkent viloyati bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazi va Oqqoʼrgʼon tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joyalashtirilgan.
12 avgust holatiga koʼra, 6 nafar tarbiyalanuvchi ogʼir holatda jonlantirish boʼlimida davolanmoqda, shundan 1 nafar tarbiyalanuvchi oʼpkaning sunʼiy nafas berish moslamasiga ulangan boʼlib, holati oʼta ogʼir holatda qolmoqda. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvchining holati oʼrtacha ogʼir deb baholangan. Kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilardan bakteriologik tekshiruv oʼtkazish uchun tahlillar olingan va laboratoriyaga yuborilgan.
“Epidemiologiyaga qarshi tadbirlarni muvofiqlashtirish va mahalliy mutaxassislarga uslubiy yordam koʼrsatish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuqumli kasalliklar boʼyicha mutaxassislar va epidemiologlar guruhi yuborilgan. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan konsilium oʼtkazilib kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarga klinik koʼrinishlariga koʼra “Botulizm” tashxisi gumon qilingan. Yakuniy tashxis epidemiologik tekshiruv natijalari hamda bakteriologik tadqiqot maʼlumotlariga asoslanib qoʼyiladi. Davolanish davomida 21nafar tarbiyalanuvchilarning salomatligi holatida ijobiy oʼzgarishlar kuzatilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 5 guruhga moʼljallangan. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 136 nafar tarbiyalanuvchilar roʼyxatga olingan boʼlib, maktabgacha taʼlim tashkilotida markazlashtirilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi, alohida mahalliy isitish tizimi, tabiiy gaz oʼrnatilgan.
Kasallikka chalinmagan mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari har kuni tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib nazoratga olinmoqda.
Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profilda keltirilgan xabarga koʼra ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida 1 nafar tarbiyalanuvchining oziq-ovqat zaharlanishidan vafot etganligi keltirilgan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʼra, tarbiyalanuvchi Baxtiyorova Marjona Doniyor qizi 2021 yil 2 avgustgdan 7 avgustga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokorlari tomonidan “Shifoxonadan tashqari ikki tomonlama oʼchoqli pnevmoniya. Asoratlari: Yurak qon-tomir yetishmovchiligi. Miya shishi.” tashxisi qoʼyilib davolash ishlari olib borilgan, shifokorlarning harakatlariga qaramay pnevmoniya kasalligi asoratlariga koʼra yurak qon-tomir yetishmovchiligi tufayli 7 avgust kuni biologik oʼlim qayd etilgan.
Holat yuzasidan bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, oʼtkazilgan tekshiruv natijalariga koʼra Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика