1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘rmon yong‘inlari kelib chiqishiga sababchi bo‘lganlar uchun jarima belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘rmon yong‘inlari kelib chiqishiga sababchi bo‘lganlar uchun jarima belgilandi

 

O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi: 

 

— fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 400 ming so‘mdan 5 million 100 ming so‘mgacha);

 

— mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 million 800 ming so‘mdan 8 million 500 ming so‘mdan).

 

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi yoxud o‘zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda yong‘in sodir bo‘lganda mazkur shaxs yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика