Hindistonning eng boy kishisi Mukesh Ambani o‘g‘lini uylantirdi.
Uch kunlik to‘y marosimiga 1000 kishi, jumladan, Hillari Klinton, Bill Geyts, Mark Sukerberg va boshqa dunyoning yetakchi insonlari taklif etilgan. Mehmonlarga mashhur xonanda Rihanna xizmat qilgan.
To‘y taomnomasi ham ko‘pchilikni hayron qoldirishi aniq. Buning uchun dunyoning turli burchaklaridan 25 dan ortiq oshpazlar jamoasi jalb qilingan. Ular mehmonlarga yapon, meksika va tailandcha usulda 2500 xil ovqat tayyorlashgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, to‘y Hindistonning eng go‘zal mintaqalaridan biri - Udaipurda keng miqyosda nishonlangan. To‘y oldidan uch kunlik katta marosim besh yulduzli Oberoi Udaivilas mehmonxonasida va 18-asrda qurilgan shahar saroyida bo‘lib o‘tgan.
Maʼlumot uchun, Mukesh Ambani neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya egasi hisoblanadi. Forbes talqiniga ko‘ra, u dunyo milliarderlari reytingida 7-o‘rinda turadi.


