O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Koragumruk” klubi futbolchisi Otabek Shukurov zilzila bo‘lgan Hatay shahriga borib, ko‘ngillilar qatorida yordamlashdi.
Yarim himoyachi Turkiya jamoasi safida shu vaqtga qadar 20 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘zining hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. Otabek Shukurov jamoasi mamlakat chempionati turnir jadvalida 21 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.


