1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Ovoz” loyihasiga nega 2 mlrd ajratilgani izohlandi

Vazirlik bu umumiy xarajatning 30 foizi ekanini maʼlum qildi.

“Ovoz” loyihasiga nega 2 mlrd ajratilgani izohlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vazirligi tomonidan “Ovoz” musiqiy loyihasining tashkilotchilariga byudjetdan 1 mlrd 989 mln so‘m ajratilishi haqida xabar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

 

Vazirlikning izoh berishicha, ushbu loyihadan O‘zbekistondagi iqtidor egalarini qidirib topish, ularga isteʼdodini yuzaga chiqarish uchun imkoniyat yaratish, “ustoz-shogird” anʼanasini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zlangan.

 

“The Voice of Uzbekistan” teleshousini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Buyuk Britaniyaning “ITV Studios Limited” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “The Voice” (“Golos”) litsenziyasi (franshizasi) “Talent show” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 5 mlrd so‘mdan ortiqroq mablag‘ evaziga sotib olingan hamda teleloyihani tashkillashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga oshirilgan.

 

Madaniyat vazirligi teleloyihani to‘liq ishga tushirish va taklif etilgan ishtirokchilarning ustozlari, sozanda va boshqa tashkilotchilarga gonorar to‘lovlarini to‘lab berish maqsadida 2 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilganini bildirdi. Qayd etilishicha, xarajatlar miqdori soliq va boshqa yig‘imlarni hisobga olgan holda ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan har kim munosib mehnat qilish va mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga ega ekani belgilab qo‘yilganini eslatgan va teleloyihadagi ustozlar, sozandalar va boshqalarga mehnatlari uchun munosib haq to‘lanishi nazarda tutilganini bildirdi.

 

“Madaniyat vazirligi tomonidan rejalashtirilgan mazkur xarajatlar teleloyihani tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning 30 foizini tashkil etadi”, deyiladi bayonotda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика