1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ozarbayjon va Armaniston yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin

Bu haqda Ilhom Aliyev ma’lum qildi.

Ozarbayjon va Armaniston yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin

 

Ozarbayjon muayyan shartlar ostida Armaniston bilan tinchlik shartnomasi 2022-yil oxirigacha imzolanishi mumkin.  Bu haqda Prezident Ilhom Aliyev ma’lum qildi. 

 

“Agar Armaniston tomonining irodasi bo‘lsa, unda shu yil oxirigacha tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin. Vaqt tugab bormoqda. Tomonlar ishchi guruhlar doirasida tinchlik shartnomasi matni ustida ishlashni boshlagani bois yil oxirigacha kelishuvga erishishimiz mumkin”, — dedi Aliyev.

 

Uning ta’kidlashicha, na Armanistonda, na Yevropa Ittifoqida Ozarbayjon taklif qilgan tinchlik shartnomasining beshta asosiy tamoyili bo‘yicha savollar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика