Unda O‘zbekiston Aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasiga yangi vitse-prezidentini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Bu haqda Otabek Umarov ham o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qildi.
Ishtirokchilar bir qator nomzodlar orasida O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biri, 93 kg vazn toifasida WTKF chempioni, ko‘plab yakkakurash turlarida ko‘p karra O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempioni, xalqaro turnirlarning bir necha karra g‘olibi, Buxorodagi “Amir Temur” klubi hamda ATF Championship promousheni asoschisi, ko‘plab chempionlarning ustozi Muzaffar Radjabov bir ovozdan ushbu lavozimga munosib, deb topildi.
Shu tariqa Muzaffar Rajabov O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi Buxoro viloyat bo‘limining raisi lavozimida faoliyat olib boradi.
Avvalroq UFC‘da ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari soni 4 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


