1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi — jahon armiyalari reytingi e’lon qilindi

Global Firepower Index–2026 reytingida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 145 ta davlati orasida 5 pog‘onaga yuqorilab, 53-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi — jahon armiyalari reytingi e’lon qilindi

 


O‘zbekiston armiyasi jahon miqyosidagi harbiy kuchlar reytingida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, “Global Firepower” portali tomonidan e’lon qilingan Global Firepower Index–2026 reytingida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallagan.


Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoning 145 ta davlati orasida 5 pog‘onaga yuqorilab, 53-o‘ringa joylashdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat mudofaa tizimi va qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda.


Markaziy Osiyo davlatlari orasida reyting quyidagicha shakllangan: Qozog‘iston — 58-o‘rin, Turkmaniston — 78-o‘rin, Tojikiston — 100-o‘rin, Qirg‘iziston esa 109-o‘rinni egallagan. Shu tariqa, O‘zbekiston mintaqadagi eng kuchli armiya sifatida qayd etilgan.


“Global Firepower Index–2026” reytingida dunyoning eng qudratli armiyasi sifatida AQSh yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi pog‘onani esa Xitoy egallagan. Reyting harbiy texnika, shaxsiy tarkib, moliyaviy imkoniyatlar va logistika kabi ko‘plab omillar asosida shakllantiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика