"Open Data Watch" tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball to‘plagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-o‘rinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-o‘rinni egalladi.
“Gender Data Compass” mamlakatning gender ma’lumotlari tizimini yaxlit baholashni ta’minlaydi. U 53 ta gender ko‘rsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi.
Mamlakatimizda gender statistikasini yuritish bo‘yicha Statistika agentligi vakolatli organ bo‘lib, agentlikda gender statistikasini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil etilgan.


