1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turuvchi universitet bilan hamkorlik boshladi

Bryusselda o‘tkazilgan imzolash marosimi sanoat sohasida yangi bosqichni boshlab berdi.

O‘zbekiston gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turuvchi universitet bilan hamkorlik boshladi

O‘zbekiston texnologiyali metallar kombinati (TMK) va gidrometallurgiya yo‘nalishida dunyoda yetakchi hisoblangan KU Leuven Solvomet Group o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda TMK matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Bryussel shahri markazida o‘tkazilgan imzolash marosimi sanoat sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. Hamkorlik doirasida TMKda reniy metall tuzlari ishlab chiqarish hajmi oshirilishi, shuningdek, kritik minerallarni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy gidrometallurgiya yechimlari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика