Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 3 oyida O‘zbekiston 6,3 ming tonna go‘shtni Belarus davlatidan import qilgan.
Bu bo‘yicha Belarusdan keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (2,6 ming tonna), Braziliya (571 tonna) va Ukraina (437,5 tonna) davlatlari turibdi.
Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 9 ta davlatdan 46,3 million dollarlik 10,4 ming tonna qoramol go‘shti sotib olgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 ming tonnaga ko‘p.


