1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi

Soʻnggi yillarda qoʻshma korxonalar soni 10 baravar, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 20 milliard dollardan oshdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida 19-dekabr kuni Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Ryosey Akazavani qabul qildi.

 

Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda qoʻshma loyihalarni ilgari surishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari jadal oʻsib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Soʻnggi yillarda qoʻshma korxonalar soni 10 baravar, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 20 milliard dollardan oshdi.

 

Savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, muqobil energetika, karbonsizlantirish, oʻta muhim xomashyo kabi koʻplab sohalarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish uchun vazirlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tuzish muhim ekani taʼkidlandi.

 

Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) va MDH mamlakatlari bilan savdo boʻyicha assotsiatsiyasining (ROTOBO) faol ishtirokida ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика