1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekiston samolyotining harbiy mashg’ulotlar olib borilayotgan hududdan uchib o’tgani bo’yicha rasmiy izoh berildi

Ma’lum qilinishicha, ushbu reys amalga oshirilgan paytda parvozlarni cheklovchi aeronavigatsiya ma’lumotlari bo‘lmagan.

O’zbekiston samolyotining harbiy mashg’ulotlar olib borilayotgan hududdan uchib o’tgani bo’yicha rasmiy izoh berildi

 


19-fevral kuni Toshkent—Istanbul yo‘nalishida parvozni amalga oshirgan Uzbekistan Airways samolyoti Rossiya harbiy havo kuchlari harbiy mashg‘ulotlar olib borayotgan, fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan Qora dengiz akvatoriyasi havo hududidan yolg‘iz o‘zi uchib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Uzbekistan Airways boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Husanovdan izoh berdi.

 

Uning ma’lum qilishicha, HY-271 reysi 19-fevral kuni kuni Toshkent—Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovni amalga oshirgan paytda parvozlarni cheklovchi aeronavigatsiya ma’lumotlari bo‘lmagan.

 

Shuningdek, 19-fevral kuni Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq va boshqa davlatlarga tegishli aviakompaniyalarning samolyotlari ham yuqorida ko‘rsatilgan hududda parvozni amalga oshirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика