1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 72,8 milliard dollarga yetdi

Tashqi savdoda eng katta ulush Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 72,8 milliard dollarga yetdi

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 mlrd 894,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd 18,4 mln dollarga yoki 21,8 foizga oshgan.

 

Tashqi savdo aylanmasida import hajmi eksportdan ustun bo‘ldi. Xususan, hisobot davrida eksport hajmi 30 mlrd 894,8 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga o‘sdi. Import hajmi esa 41 mlrd 885,4 mln dollarga yetib, 18,7 foizlik o‘sish qayd etildi. Eksport va import o‘rtasidagi tafovut 10 mlrd 990,6 mln dollarni tashkil etdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 210 ta davlati bilan tashqi savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulush Xitoy (20,1 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16,2 foiz), Qozog‘iston (6,0 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasiga (2,2 foiz) to‘g‘ri kelgan.

 

Davlatlar kesimida tashqi savdo aylanmasi quyidagicha shakllandi: Xitoy bilan savdo hajmi 14,6 mlrd dollarni, Rossiya Federatsiyasi bilan 11,7 mlrd dollarni, Qozog‘iston bilan 4,3 mlrd dollarni, Turkiya bilan 2,6 mlrd dollarni, Koreya Respublikasi bilan 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

 

Shuningdek, Afg‘oniston bilan savdo hajmi 1,4 mlrd dollar, Fransiya va Hindiston bilan 1,2 mlrd dollardan, Germaniya va BAA bilan 1,1 mlrd dollardan qayd etildi. Turkmaniston bilan savdo aylanmasi 1,06 mlrd dollar, Qirg‘iz Respublikasi bilan 903,7 mln dollar, AQSH bilan 871,9 mln dollar, Belarus bilan 868,1 mln dollar, Tojikiston bilan 737,9 mln dollarni tashkil etdi. Shveysariya (520,9 mln dollar), Eron (519,2 mln dollar) va Pokiston (434,4 mln dollar) ham asosiy savdo hamkorlari qatoridan o‘rin oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика