O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi. Muzokaralar Londonda o‘tgan oy oxirida bo‘lib o‘tgan.
Urunovning aytishicha, ikki tomon barcha ichki tartib-qoidalardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Endi tomonlar 2025-yil 12-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan JST ishchi guruhi yig‘ilishi doirasida tegishli bayonnomani imzolashga tayyorlanmoqda.
Shu tariqa Buyuk Britaniya O‘zbekiston bilan umumiy bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan 24-davlat bo‘ldi. Bu JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.


