1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida deklaratsiya imzlolandi

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev ishtirokida davlatlar manfaatli 22 ta hujjat imzoladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida deklaratsiya imzlolandi

 

Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Hujjatda qardosh xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, ko‘p qirrali sheriklik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadi o‘z ifodasini topgan.

 

Marosimda imzolangan yana bir muhim hujjat yaqin 5 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni 10 milliardga yetkazish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasidir. Unda ikki mamlakat tarmoqlari va hududlari uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbarlari huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi. Bojxona, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, fazoviy makonni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish sohasiga doir hamda   “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar ham mavjud.

 

Bundan tashqari, savdo, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari, sud-ekspertlik faoliyati, mudofaa, bandlik va fan sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha tegishli hujjatlarga imzo qo‘yildi.

 

Toshkent va Turkiston viloyatlari, Toshkent va Nur-Sulton shaharlari, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lari qabul qilindi.

 

Qayd etilishicha, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga borishi va 6 dekabrda Qozog‘istonga yetib borgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova  

  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика