Qozog‘istonning "Inbusiness" axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Qozog‘istonning "Passajirskiye perevozki" AJ kompaniyalari rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzolangan, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Bu yo‘nalishdagi ilk qadamlardan biri "Jibek jo‘li" sayyohlik poyezdining ishga tushirilishi bo‘ldi.
"Shuningdek, boshqa yo‘nalishlarda ham shunga o‘xshash turistik marshrutlar yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishga qaror qilindi. Xususan, yangi "Ostona-Samarqand" xalqaro yo‘nalishi ko‘rib chiqilmoqda", – deb yozadi "Inbusiness".


