1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

Kelgusi yilda O‘zbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yilini o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpinning samarali muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

 

Davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan, har tomonlama strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari aks etgan.

 

Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi. Shu jumladan:

 

– “Yashil” taraqqiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Raqamli iqtisodiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida memorandum;

– Foydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Qurilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– 2022-2025 yillarda madaniy almashinuv dasturi;

– Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Toshkent viloyati va Chunsin megapolisi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Buxoro viloyati va Yunnan provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Buxoro va Kunmin shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

 

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka doir umumiy qiymati 15 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика