1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston vakili Fransiyaning "Sanʼat va adabiyot" ordeni bilan taqdirlandi

U har yili dunyo bo’ylab 60 kishiga beriladi.

O‘zbekiston vakili Fransiyaning "Sanʼat va adabiyot" ordeni bilan taqdirlandi

Kecha Fransiya Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga "Sanʼat va adabiyot" (Ordre des Arts et des Lettres)  ordeni kavaleri nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

 Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati taqdirlash marosimidagi nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda madaniyat sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil davlat siyosatini eʼtirof etish borobarida, bu Fransiya bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

 

 "Ushbu yuksak mukofot O‘zbekistonning xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va sanʼat sohasida global muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan saʼy-harakatlari va hissasining eʼtirofidir. Hukumat, Prezident maʼmuriyati va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik korpus vakillari, madaniyat arboblari va xalqaro hamkorlar ishtirokida O‘zbekiston vakilining ushbu orden bilan taqdirlangani Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasi samaradorligining yorqin dalilidir", - dedi vazir Rashida Dati.

 

  Eslatib o‘tamiz, Gayane Umerova O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kengashi aʼzosi hisoblanadi.

 

  So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlik bir qator muhim tashabbuslar – Luvrda o‘zbek merosiga oid keng ko‘lamli ko‘rgazmadan tortib, xalqaro madaniy anjumanlarda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan ishlar tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.

 

  Shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari tashabbuslarini amalga oshirishda ustuvor loyihalarni amalga oshirayotgan O‘zbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamg‘armasi muhim o‘rin tutmoqda.

 

 "Sanʼat va adabiyot" ordeni kavaleri nishoni Fransiyada, shuningdek, butun dunyoda sanʼat va adabiyotning gullab-yashnashiga qo‘shgan xizmatlarini taqdirlash uchun har yili dunyo bo‘ylab 60ga yaqin kishiga beriladi.

 

  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi Gayane Umerovani ushbu yuksak eʼtirof bilan chin dildan muborakbod etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика