1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 1-fevraldan ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi

Birinchi marta ID karta olgan fuqarolar OneID tizimida avtomatik ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 1-fevraldan ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi

 

O‘zbekistonda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va migratsiya jarayonlarini raqamlashtirishning yangi bosqichi boshlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq, fuqarolarga ID karta berish tartibiga muhim yangiliklar joriy etildi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari birinchi marta ID karta olayotganda, elektron raqamli imzo (ERI) sertifikati karta chipiga bepul joylashtiriladi. Shu bilan birga, fuqarolar “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida (OneID) avtomatik va bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

 

Mazkur tartib ID karta egalariga hujjatni olgan zahoti davlatning barcha onlayn xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

 

Endilikda ERI olish yoki OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida ravishda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish talab etilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика