2024–2025-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida jami 47 ta maishiy chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinib, usti tuproq qatlamlari bilan yopildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi xabar berdi.
2024-yilda bajarilgan ishlar hajmi:
- Qoraqalpog‘iston — 1 ta poligon (11 ga),
- Andijon — 6 ta (14,90 ga),
- Buxoro — 1 ta (0,50 ga),
- Qashqadaryo — 5 ta (19,15 ga),
- Namangan — 3 ta (5,38 ga),
- Samarqand — 1 ta (2,40 ga),
- Toshkent — 3 ta (9,58 ga),
- Farg‘ona — 6 ta (17,11 ga),
- Xorazm — 1 ta (1 ga).
2025-yilda respublika bo‘yicha jami 18 ta chiqindi poligonida rekultivatsiya jarayonlari yakunlandi. Bu hududlarning umumiy maydoni 81,68 gektarni tashkil etadi.
Umumiy hisobda, mamlakatdagi mavjud 185 ta chiqindi poligonining 47 tasida ekologik qayta tiklash ishlari olib borilgan.
Shuningdek, respublika bo‘yicha 42 ta chiqindi to‘plash maydoni butunlay yopilib, 90 gektarga yaqin yer tabiiy ekotizimga qaytarildi.
Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.


