1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda afg‘on tovarlari uchun tranzit bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi

“Tolibon”ning sanoat va savdo vaziri O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan savdo va sarmoyani kengaytirish haqida suhbatlashdi.

O‘zbekistonda afg‘on tovarlari uchun tranzit bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi

 

“Tolibon” hukumati sanoat va savdo vaziri Nuruddin Aziziy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishda tomonlar tranzit savdosi va sarmoyasini kengaytirish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo muammolarini hal etish, Afg‘oniston tranzit yuklari uchun ko‘proq qulayliklar yaratish, O‘zbekistonda afg‘on tovarlari uchun tranzit bojini kamaytirish masalasini muhokama qildi.

 

Ushbu uchrashuv oxirida yaqin kelajakda ikki davlatning tegishli idoralari mutasaddilarining Mozori Sharif shahrida ikki tomon o‘rtasida savdo va tranzitni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida alohida uchrashuv o‘tkazishi kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика