1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ba’zi kasblar uchun erta pensiyaga chiqish shartlari belgilandi

Endi xavfli yoki zararli sharoitlarda ishlovchilar uchun erta pensiyaga chiqish ro‘yxatini rasmiy tartibda shakllantirish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda ba’zi kasblar uchun erta pensiyaga chiqish shartlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi qarori bilan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjat zararli yoki xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida mehnat qiluvchi xodimlar uchun imtiyozli pensiya huquqini belgilovchi ro‘yxatni shakllantirish va unga o‘zgartirish kiritish tartibini aniq belgilaydi.

 

Endilikda bunday ishlab chiqarishlar, kasblar yoki lavozimlarni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha takliflar xodimlar tomonidan rasmiy tarzda, ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga taqdim etiladi.

 

Komissiya mazkur takliflarni ko‘rib chiqish jarayonida ishlab chiqarish joylarining texnik holatini, xavfsizlik va himoya vositalarining mavjudligi, texnologik me’yorlarga rioya etilishi hamda mehnat sharoitlarining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini sinchiklab o‘rganadi. Aniqlangan kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishidan oldin bartaraf etilishi shart etib belgilangan.

 

Ushbu tartib xodimlar mehnat faoliyatining real sharoitlarini inobatga olgan holda imtiyozli pensiya tizimini yanada shaffof va adolatli qilishni maqsad qiladi.

 

Shuningdek, mamlakatda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqilmoqda. Yangi loyiha erkaklar uchun pensiya yoshini 63 yoshgacha, ayollar uchun esa 58 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutadi. Mazkur taklif bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика