Yoshlar o'rtasidagi (U21) futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining “Qizilqum” (Navoiy) va “Metallurg” (Bekobod) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida maydonga vertolyot qo'ndi. Bu haqda Bekobod jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv Navoiy viloyatidagi stadionda bo'lib o'tayotgan vaqtda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining vertolyoti darvoza yaqiniga kelib qo‘ngan. Natijada futbolchilar uchrashuvni to'xtatishga majbur bo'lishgan.
Hozircha vertolyot nima sababdan futbol maydoniga qo‘ngani ma’lum emas.


