“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 25–26-oktabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim baland tog‘li joylarda yog‘in qorga aylanishi ehtimoli bor.
Dam olish kunlari kunduzi havo harorati biroz pasayib, 25-oktabrda 23–28, 26-oktabrda 21–26 daraja, shimolda esa 19–24 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda shanba kuni kunduzi 25–27 daraja, yakshanba kuni 24–26 daraja iliq havo saqlanadi. Kechasi esa harorat 13–15 daraja bo‘lishi kutilmoqda.


