Bu haqda Zamon.uz muxbiriga “SamAuto” MCHJ marketing bo‘limi direktori Munisxon Isroilova maʼlum qildi.
- “Qirg‘iziston bilan 350 ta avtobusga shartnoma tuzganmiz. Bir necha kun avval kelishuvga ko‘ra 150 ta avtobus manziliga yetib bordi. Avgust oxiriga qadar yana 200 tasi yetkaziladi”.
Maʼlumot o‘rnida, “SamAuto” tashkil etilganiga 22 yil to‘lgan. Ishlab chiqarish liniyasi yo‘lga qo‘yilganidan buyon zavod 42 mingdan ortiq tijorat avtomobillarini ishlab chiqargan. Shundan 15,5 mingdan ortig‘i shahar va shaharlararo avtobuslardir.
-“Ayni paytda korxonaning xorij davlatlarida 9 ta dilleri bor. Ular orqali Tojikiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina kabi davlatlarga avtobuslar yetkazilmoqda. Yaqin kunlarda Ozarbayjon bilan ham shartnoma imzolangan”, - deydi kompaniya vakili.
Hozirda kompaniya tomonidan 5 mingdan ortiq turli xil korpusli avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarilmoqda. 2021 yilning 6 oyi davomida 297 ta avtobus eksport qilingan.
Munojat Valiyeva


