1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda magistral internet tarmoqlari 2000 Gbit/s'gacha oshiriladi

Hozirda ushbu ko'rsatkich 600 Gbit/s'ni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda magistral internet tarmoqlari 2000 Gbit/s'gacha oshiriladi

 

Barselonada bo‘lib o‘tgan “MWC Barcelona-2023” Jahon mobil kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov “NEC” korporatsiyasining Bosh direktor o‘rinbosari Akihiko Kumagai bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv doirasida “O‘zbektelekom” AK va “NEC” o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli va amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, “NEC” yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash markazi loyihasiga to‘xtab o‘tildi hamda tomonlar loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashdi.

 

NEC kompaniyasi O‘zbekistonda Internet tarmoqlarini barqaror o‘sishini inobatga olgan holda “O‘zbektelekom” AKning yangi tarmoqlari va qo‘shimcha Internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi. Jumladan, “NEC” tomonidan hozirda O'zbekistonda mavjud bo‘lgan 600 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini 2025-yildan boshlab 2000 Gbit/s hajmgacha ko‘paytirish taklifi berildi.

 

Uchrashuvda tomonlar mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish bo‘yicha ekspertlar darajasida qo‘shimcha muhokama qilishga kelishib olishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика