1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Jamoat transporti va ijtimoiy soha uchun gaz ta’minoti cheklanmaydi.

O‘zbekistonda metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

 

O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi sababli tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgani munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (metan zapravkalar) faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, sovuq ob-havo sharoitida ayrim hududlarda gaz quvurlarida bosimning pasayishi holatlari kuzatilmoqda. Shu bois aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

 

Mazkur cheklovlar aholi uchun barqaror gaz ta’minotini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi.

 

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transporti vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz va barqaror tarzda amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan transport vositalarining uzluksiz ishlashi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

 

Hududlardagi vaziyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bildiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика