O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida 177 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Bildirilishicha, shahar joylarida 91,2 mingta, qishloq joylarida esa 85,8 mingta nikoh ro‘yxatga olingan.
Nikohlar soni yillar kesimida (yanvar-sentyabr) tahlil qilinganda avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada kamayganini ko‘rish mumkin.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2021-yilda 206,8 mingta, 2022-yilda 197 mingta, 2023-yilda 184,5 mingta, 2024-yilda 179,4 mingta, 2025-yilda 177 mingta nikoh qayd etilgan.


