1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqda

Statistika qo‘mitasi rasmiy ma'lumotlarni e'lon qildi.

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar  ko‘p tug‘ilmoqda

2025-yilning yanvar-sentabr oylari davomida O‘zbekiston bo‘ylab 665 mingga yaqin yangi tug‘ilgan chaqaloq Fuqarolik holati davlat organlarida ro‘yxatga olingan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 343,6 ming nafari (51,7 foizi) o‘g‘il bolalar, 321 ming nafari (48,3 foizi) qizlardir. Bu o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan 20 mingga yaqin ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.

 

Tug‘ilishlar geografik taqsimoti bo‘yicha shahar va qishloq hududlari o‘rtasida ancha farq qayd etilgan. Mamlakat shaharlarida atigi 319,3 ming bola (48 foiz) tug‘ilgan bo‘lsa, qishloq joylarda bu ko‘rsatkich 345,3 ming nafarni (52 foiz) tashkil etdi.

 

Ushbu statistik ma'lumotlar mamlakatimizda demografik rivojlanishning ijobiy tendensiyasini va aholining tabiiy o'sish sur'atlarini aks ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика